Shimoliy Makedoniya prezidenti maktabga borishni istamagan qizni darsga olib borib qo‘ydi.
11 yoshli Embla Amemining ota-onasi qizini maktabga borishga qanday ko‘ndirishni bilmayotgan edi. Qizcha sinfdoshlarining masxaralashi tufayli darsga borishdan bosh tortgan.
Emblaga Daun sindromi tashxisi qo‘yilgan. Shu tufayli Gostivar shaharchasidagi maktabda uni xafa qilishardi.
Mamlakat prezidenti voqeadan xabar topgach, Emblani shaxsan o‘zi maktabga olib kelib qo‘ydi. Bolalar bilan gaplashib, hamma odamlar tengligi va ularni xafa qilish mumkin emasligini tushuntirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daun sindromiga chalingan 15 yoshli qizini qarovsiz qoldirgan ona 5 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.
Sharofat Mahmudova


