1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Davlat rahbari taʼlim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni mukofotladi

 

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

 

Unga ko‘ra, mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi katta xizmatlari, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.  

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan:

 

Mustofoyev Jumanazar Safoyevich - Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Shamsidinov Abduqodir Umarovich - Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq taʼlimi xodimi» faxriy unvoni bilan:

 

Mamadaliyev Isomiddin Imomaliyevich - Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 5-umumiy o‘rta taʼlim maktabining geografiya va biologiya fanlari o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Eshankulov Baxodir Axmadaliyevich - O‘rta Chirchiq tumanidagi 124-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab-internati tarbiyachisi, Toshkent viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan:

Bogdasarova Tatyana Mixaylovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Uralov Abduvali Turgunovich - Guliston tumanidagi 8-umumiy o‘rta taʼlim maktabining musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Formanov Shakir Kasimovich - O‘zbekiston Milliy universitetining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi professori

 «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan:

 

Baytemirov Asadulla Xaitboyevich - Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Tuxliyev Nurislam - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori

 

Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика