1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy kutib olindi

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Prezident Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy kutib olindi

 

Bugun, 21-fevral kuni Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi davlatimiz rahbarini samimiy qarshi olib, maxsus shohsupaga taklif etdi.

 

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat milliy madhiyalari yangradi. So‘ng davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushishdan so‘ng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика