
— 170 mingdan ziyod aholi doimiy ish o‘rniga muhtoj, 65 mingga yaqin oila doimiy daromad manbaiga ega emas;
— Kelgusi 5 yilda 200 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishini ham, hisobga olish zarur;
— Samarqand mamlakatdagi aholisi eng ko‘p hudud bo‘lib, kelgusi 5 yilda 4,5 millionga yetadi. Ularga qulay yashash sharoitlarni taʼminlash lozim;
— Viloyatning 1,6 million nafar aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan, 6 ming kilometr ichki yo‘llar taʼmirtalab holatda;
— Elektr tarmoqlari eskirgani bois, viloyatda elektr taʼminoti aholi uchun ham, tadbirkorlar uchun ham eng jiddiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda;
— Tuman va shaharlarda sanoat bir maromda o‘sayotgani yo‘q;
Ayniqsa, xom-ashyoga boy Qo‘shrabot, Nurobod va Oqdaryo tumanlarida sanoat rivojlanishi ancha orqada;
— Viloyatda qishloq xo‘jaligi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand va Urgutning meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarining chorvachilikdagi imkoniyatlari to‘liq ishga solinmayapti;
— Ayrim hududlarida sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda;
— Sog‘liqni saqlash obyektlari quvvatini oshirish va ularni zamonaviy jihozlash talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgani, SamDUga Sharof Rashidov nomi berilishi hamda Davlatimiz rahbari samarqandlik saylovchilar bilan uchrashgani haqida xabar berilgan.
Cho‘lponoy Ahmedova


