O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish joriy yilning 28-iyunidan boshlanib, 5-iyulda yakunlanadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining bo‘lib o‘tgan majlisida maʼlum qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov kodeksiga binoan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berish 2023-yil 28-iyun kuni boshlanib 2023-yil 5-iyul kuni yakunlanishi belgilandi va saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.


