Joriy yilning 28-iyun – 5-iyul kunlari O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan 815 ming 313 nafar saylovchi foydalandi. Jumladan, 180 ming 729 nafari xorijda, 634 ming 584 nafari respublika ichida ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, muddatidan oldin ovoz berish uchun 10 784 ta, shu jumladan mamlakatning 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tashkil etildi.


