30-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Birinchi Prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga ehtirom bildirdi.
Tarixiy xotira millat kelajagining mustahkam poydevori sifatida yodga olindi. O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va davlatchilik asoslarining barpo etilishida Birinchi Prezident Islom Karimovning beqiyos xizmatlari hurmat bilan esga olindi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi barpo etildi va uning tavallud topgan 30-yanvar sanasi nishonlash ezgu an’anaga aylandi.
Marosim davomida Qurʼon tilovati qilindi, duo o‘qildi va Birinchi Prezidentning Vatan manfaatlari yo‘lidagi faoliyati hamda insoniy fazilatlari yodga olindi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, shuningdek, ilm-fan va madaniyat namoyandalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, Samarqand va Qarshi shaharlaridagi Birinchi Prezident haykallari poyiga ham gullar qo‘yilib, xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.


