1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Davlatimiz rahbari Aliyevni Vashingtonda imzolangan tinchlik deklaratsiyasi bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi

9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

 

Davlat rahbari qardosh Ozarbayjon xalqini va uning yetakchisini yaqinda Vashington shahrida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan tinchlik deklaratsiyasi bilan samimiy tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev ushbu hujjatning tez orada tinchlik bitimiga aylanishi Janubiy Kavkaz mintaqasida barqarorlik, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

 

Suhbat chog‘ida joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Ikki tomonlama savdo hajmining yil boshidan 30 foizga oshgani, “Yo‘l xaritasi” asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli kooperatsiya loyihalari ishlab chiqilayotgani qayd etildi. Shuningdek, neft-gaz sohasidagi strategik loyiha doirasida mahsulot taqsimotiga oid bitim asosida amaliy ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

 

Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика