O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu muhim siyosiy tadbir mamlakat taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab berishi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatlidir.
Murojaatnomani jonli efirda MTRK tizimidagi «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «Toshkent», «Dunyo bo‘ylab», «O‘zbekiston tarixi» hamda 12 ta hududiy telekanallar orqali tomosha qilish mumkin.
Shuningdek, nodavlat telekanallar — «MY5», «Sevimli», «Uzreport TV», «Milliy TV» va «Zo‘r TV» ham tadbirni jonli efirda namoyish etadi. Onlayn translyatsiya esa Prezidentning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida amalga oshiriladi.


