
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Cambridge Assessment” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar treningda ayni jihatlarga ham eʼtibor qaratildi.
Joriy yilning 12 sentyabr kuni Prezidentimiz taʼlim sifatini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ilg‘or xalqaro tajriba va standartlar asosida maktablar muallimlarining malakasini oshirib borish zarurligi taʼkidlandi.

Zamonaviy taʼlim tizimida o‘quvchidan bilimga asoslangan maʼlumotlardan ko‘ra, amaliyot ko‘nikmalari talab etilmoqda. Shunday ekan, sifatli taʼlim tizimini tashkil qilish uchun malakali ustozlarga ehtiyoj bor.
O‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida bu kabi tadbirlar yangi tashkil etilgan Prezident maktablari o‘qituvchilari uchun tajriba almashish maydoni bo‘ldi. Hafta davomida o‘tkazilgan treninglar pedagog kadrlarning Prezident maktablarida “Cambridge Assessment” dasturidan samarali foydalanishini taʼminlashda ko‘maklashadi.
Shuningdek, bu treninglar pedagoglarga zamonaviy metodikalar bilan tanishish va yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlarida ham yordam beradi.
Agentlik pedagoglari uchun tashkil etilgan mazkur o‘quv-trening haftaligi ularning ish tajribasida ko‘makchi bo‘ladi.
8 kun davom etgan o‘quv-seminarlarida ishtirok etgan barcha pedagoglarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro Cambridge dastrularini o‘qitish bo‘yicha sertifikatlari taqdim etildi.
Dilfuza Sobirova,
Prezident taʼlim muassasalari agentligi matbuot xizmati rahbari


