1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident topshirig‘i bilan Suriyaga insonparvarlik yordami yuborildi

Qariyb 50 tonnaga yaqin yukdan hayotiy zarur vosita va mahsulotlar o‘rin olgan.

Prezident topshirig‘i bilan Suriyaga insonparvarlik yordami yuborildi

 

Bugun, 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.

 

Qariyb 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo‘tqasi, odyol va yostiqlar, gigiyenik vositalar to‘plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.

 

Insonparvarlik yuki yordami ko‘rinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali O‘zbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining masʼul xodimlari yetkazib berishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика