1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Prezident vaʼda qilgan mashina yosh tadbirkorga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida tadbirkor Mirey Amanbayeva bilan suhbatlashgan va tadbirkorga sovg‘a vaʼda qilgan edi.

Prezident vaʼda qilgan mashina yosh tadbirkorga topshirildi

 

 

Viloyat hokimligining xabar berishicha, kecha, 28 avgust kuni Merey Amanbayevaga Prezident tomonidan vaʼda qilingan avtomashina topshirilgan.

Davlat rahbari bilan uchrashuvda navoiylik tadbirkor Mirey Amanbayeva Prezidentga “Siz kelganingizdan biz ‘dux‘ oldik”, degan edi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ham yosh tadbirkorga: “Dux” olamiz deyavering. Menga yoqadi “dux” oldik degan”, deb hazilomuz javob qaytargandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati Karmana tumanida barpo etilgan 100 megavatt quvvatga ega ilk quyosh elektr stansiyasini ishga tushirgandi hamda davlat rahbari “Navoiyazot” AJda yangi loyihalarning ochilish marosimida xushxabar kelganini aytgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика