1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezidentning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

Tashrif davomida 4,9 mrd dollarlik bitimlar imzolandi.

Prezidentning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kuvayt Davlatiga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi.

 

Davlatimiz rahbari Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mishʼal as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining aʼzolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi.

 

Davlatimiz rahbari madaniy dastur doirasida “As-Salom” saroy-muzeyining Quvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi.

 

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

 

Davlatimiz rahbari Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика