1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Prigojin Putinning murojaatiga munosabat bildirdi

“Vagner” rahbari Putinni vatanga xiyonat masalasida aybladi.

Prigojin Putinning murojaatiga munosabat bildirdi

 

“Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin Vladimir Putinning rossiyaliklarga favqulodda murojaatiga munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, “Vagner” yollanma jangchilari korrupsiya, yolg‘on va byurokratiya ichida yashashni istamayotgani sababli hozirgi tartibsizliklar yuz bermoqda. 

 

"Vatanga xiyonat masalasida prezident (Putin — tahrirlangan) qattiq yanglishdi. Biz vatanimizning vatanparvarlarimiz, biz jang qildik va kurashyapmiz. Va hech kim prezident, yoki boshqa birovning iltimosiga binoan o‘zini o‘zi topshirmoqchi emas. Chunki biz korrupsiya, yolg‘on va byurokratiyalashgan mamlakat ichida yashashini istamaymiz", — dedi Prigojin.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afrikada “Vagner”ga qitʼaga yordam kerakligini aytishgan, ammo keyin hamma yordamga ketishi kerak bo‘lgan barcha pullar o‘g‘irlangan.

 

"Bizga Ukraina bilan urushayotganimizni aytishganda, borib jang qildik. Lekin maʼlum bo‘ldiki, o‘q-dorilar, qurol-yarog‘lar, ularga qo‘yilgan pullarning hammasi ham amaldorlar tomonidan o‘g‘irlangan. Endi ular hech narsani tejashmaydi. Ular samolyotlar va vertolyotlar bilan tinch aholiga zarba berishdi. Shuning uchun biz vatanparvarmiz", - dedi Prigojin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика