Tadbirkor Yevgeniy Prigojinning aviahalokatga uchrashiga Kremlning aloqadorligi haqida qator maʼlumotlar tarqaldi. Holatga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov munosabat bildirdi.
Avvalroq, 24 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin biznesmen samolyotining halokati haqida gapirgandi. U o‘z chiqishida Prigojinni taqdiri og‘ir bo‘lgan isteʼdodli inson sifatida tilga oladi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Tver viloyatida sodir bo‘lgan aviahalokat bo‘yicha ko‘plab taxminlar paydo bo‘lgan.
"Bularning barchasi mutlaqo yolg‘on", — deydi u.
Prigojin 23 avgust kuni Embraer biznes-jeti halokatida yana to‘qqiz kishi bilan birga vafot etgandi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov Tver viloyatidagi samolyot halokati sabablarining bir nechta versiyalarini ko‘rib chiqmoqda, ular orasida uchuvchi xatosi, texnik muammolar va tashqi taʼsirlar ham bor.


