1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Prokuror bilan gaplashishdan oldin maktab qurilishini joyiga qo‘yib qo‘yish kerak"

Prezident To‘ra Bobolovni ogohlantirdi.

"Prokuror bilan gaplashishdan oldin maktab qurilishini joyiga qo‘yib qo‘yish kerak"

 

Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kungi videoselektor yig‘ilishida hududlarda yangi maktablar qurilishi mavzusiga alohida to‘xtalib, viloyat hokimlarini tanqid qildi.

 

Unda Davlat rahbari O‘zbekistonda 290 ta maktab obyektlarida qurilish-taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetmaganini taʼkidlagan. Bunday kamchilikka yo‘l qo‘ygan viloyatlarga esa kelgusi yil maktab bo‘yicha pul berilmaydi.

 

«Bugun har bir hokim shoshilmasdan menga aytib beradi: ichki imkoniyat bormi yoki yo‘qmi? Bor bo‘lsa, nega xalqimizga xiyonat qilyapsan? Nega borib pulni o‘zlashtirmayapsan? Nega berilgan kreditni qilolmayapsan? Men bugun hammadan so‘rayman.

Bugun — 1 sentyabr. 290 ta maktab obyektlari qurilish-taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetmagan. Bu nimadan dalolat? Bugungi aytgan kamchiliklar bo‘yicha investitsion dasturni tugatamiz. Shu viloyatlarga kelgusi yil maktab bo‘yicha pul berilmaydi. Hokim aybdor, deb hammaning o‘zi televizorda chiqadi: ‘Shuni bajarmaganimga men aybdorman‘, deb.

Andijon — 25 ta, Buxoro — 24 ta, Jizzax — 12 ta, Qashqadaryo — 32 ta, Navoiy — 8 ta, Namangan — 12 ta, Samarqand — 8 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari tugatilmagan. Surxondaryoda, janob, prokuror bilan gaplashayotgan bir hokim bor — 29 ta maktab. Sen prokuror bilan telefonda gaplashishdan oldin maktablar qurilishini joyiga qo‘yib qo‘y. Charchagan bo‘lsang, ishdan olaman seni ham.

Toshkent viloyati, janob Mirzayev — 41 ta, Sirdaryo — 6 ta, Farg‘ona — 23 ta, Xorazm — 6 ta, Toshkent shahri — 23 ta maktab oxirigacha yetkazilmagan. Bugun kechqurun hamma hokimlar menga xat yozadi, agar bironta gapning tagi bo‘lmasa ishdan olaman», — degan yig‘ilishda Prezident.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика