1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Propiska” va manzil bo‘yicha ro‘yxat ma’lumotlarini endi onlayn tahrirlash mumkin

Ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni tahrirlash tartibi belgilandi.

“Propiska” va manzil bo‘yicha ro‘yxat ma’lumotlarini endi onlayn tahrirlash mumkin

 

Hukumatning 2026-yil 30-yanvardagi 38-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzili hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahrirlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish” ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Reglamentga muvofiq, davlat xizmati quyidagi holatlar bo‘yicha ko‘rsatiladi:

— fuqaroning yashash joyi manzili haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni tahrirlash bo‘yicha murojaati asosida tizimda tahrirlangan qayd varag‘ini berish;

 

— mulkdorning ko‘chmas mulkida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni tahrirlash bo‘yicha murojaati asosida manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlar haqidagi tahrirlangan ma’lumotnomani taqdim etish.

 

Mazkur xizmatni ko‘rsatishda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personalashtirish departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari vakolatli organ hisoblanadi.

 

Ariza beruvchilar vakolatli organga yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilishi, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza topshirishi mumkin.

 

Vakolatli organga kelib tushgan murojaat 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tahrirlangan ma’lumotlar tizim orqali QR-kod bilan tasdiqlanadi va shu kunning o‘zida ariza beruvchiga tegishli xabarnoma yuboriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика