Yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti va 500 nafardan ortiq jurnalistlar ishtirokidagi yig‘ilishda Afg‘oniston masalasi ham ko‘tarildi. Vladimir Putin bu mavzuga to‘xtalar ekan, mamlakat ichida “yashagan” davlatlar aslida afg‘on xalqiga ko‘proq gumanitar yordam ko‘rsatishini taʼkidlagan.
Rossiya Federatsiyasi rahbari Sputnik muxbirining “Tolibon” harakatining tan olinishi haqidagi savoliga quyidagicha javob bergan.
“Biz mintaqada barqarorlik bo‘lishini istardik. Bu aslida Rossiya uchun “behuda” savol emas. Federatsiya chegaradosh Markaziy Osiyo respublikalari orqali ekstremistlar kirib kelishidan doim xavotirda bo‘lgan. Bozorlardagi giyohvand moddalarning 90% kelib chiqishi Afg‘onistondan. Shunday ekan, hukumat giyohvandlik moddalarining mamlakat hududida keng tarqalib ketishidan qo‘rqadi”.
Vladimir Putinning munosabatiga ko‘ra, “eʼtirof etish” aslida haqiqatga yaqin bo‘lishi lozim. Birinchi navbatda AQSH o‘z banklarida muzlatib qo‘yilgan afg‘on hisoblaridan cheklovlarni olib tashlashi kerak. Shuningdek, Rossiya rahbari Qo‘shma Shtatlarning Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishi zarurligini aytar ekan, aks holda u yerda ocharchilik boshlanishini, bu esa butun mintaqaga taʼsir qilishini taʼkidlaydi.
Avvalroq “Tolibon” afg‘onistonlik taniqli qo‘shiqchini o‘ldirgani hamda Afg‘oniston beshta mamlakatdan gumanitar yordam olgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


