1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin beshinchi bor prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi

Bu haqda u Kremlda “Rossiya Qahramonlari”ni taqdirlash marosimidan so‘ng maʼlum qildi.

Putin beshinchi bor prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi

 

Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddati uchun o‘z nomzodini qo‘yishini maʼlum qildi. Bu haqda u Kremlda “Rossiya Qahramonlari”ni taqdirlash marosimidan so‘ng maʼlum qildi.

 

“RIA Novostining xabar berishicha, bu haqda Putin Ukrainadagi urush ishtirokchisi, o‘zini o‘zi mustaqil deb eʼlon qilgan Donesk Xalq Respublikasi parlamenti spikeri Artem Jogaga maʼlum qilgan.

 

“Prezident nomzodni ko‘rsatish borasidagi bizning iltimosimizni eshitganidan juda xursandmiz, butun Rossiya uni qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Joga jurnalistlarga.

 

Maʼlumot uchun: 7 dekabr kuni Federatsiya kengashi navbatdagi prezidentlik saylovini 2024 yil 17 martga belgiladi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 2024 yilgi prezident saylovini uch kun davomida: 15—17 mart kunlari o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика