
"Rossiya-AQSH sammiti uchun kanton xarajatlarining yakuniy hisob-kitobi yakunlanmoqda va tez orada Jeneva kantoni bu masalada yaqindan hamkorlik qilayotgan federal organlarga yuboriladi", deyiladi xabarda.
Jeneva Davlat Kengashi Sotsialistik partiyaning shoshilinch so‘roviga javoban sammitga sarflangan mablag‘ haqidagi dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qilgan.
Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, sammit davomida xavfsizlikni amalga oshirish 5,176 million frankga tushgan. Bu kanton politsiyasi, qo‘shni kantonlardan xavfsizlik xizmatlari, ularning turar joyli va transportlari, harbiy va fuqaro muhofazasi xizmatlarining ishtirokini taʼminlashga sarflangan. Bu xarajatlarning bir qismi federal politsiya tomonidan qoplanadi.
Yana 222 658 frank protokol xizmatlariga sarflandi, 518 ming frank esa sammitning xavfsizlik perimetrida joylashgan turli tashkilotlarning bir kunlik ishlamay qolishi uchun kompensatsiya qilingan. Bu yerda federal hukumat ham xarajatlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi.
Tashqi ishlar federal departamenti (TIV) sammitni yoritgan jurnalistlarni tashish va ovqatlanishi uchun sarflangan 3 million frankni o‘z zimmasiga oladi.
Bularning barchasi dastlabki hisob-kitoblar, yakuniy maʼlumotlar 10-15 foizga oshishi mumkin. Hisob-kitob tugagach sentyabr oyining oxirida federal organlarga yuboriladi.
Nasiba To‘xtayeva


