Energetika narxlari keskin o‘sishi ortidan Yevroittifoq 300 milliard dollar yo‘qotadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir putni “Rossiya energetika haftaligi”dagi chiqishida maʼlum qildi.
“Agar neftga bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli shartnomalar imzolanganda, bu yo‘qotishlardan qochish imkoniyati bor edi. Spot bozorlari va uzoq muddatli shartnomalar orasidagi farq uch-to‘rt barobar”, – degan u.
Rossiya yetakchisi Moskva tomonidan hech qanday cheklovlar qo‘yilmaganini taʼkidladi. U RF doimo o‘z majburiyatlariga rioya qilishini aytgan. G‘arbni esa ikkiyuzlamachilikda ayblagan.
Shu bilan birga Putin energetik resurslar narxiga chegara qo‘yadigan davlatlarga Rossiya yoqilg‘i yetkazib bermasligini qayd etgan.
“Rossiya sog‘lom aqlga qarshi ish qilmaydi va o‘zgalarning farovonligi uchun to‘lamaydi”, – deb fikrini yakunlagan prezident.
Avvalroq “Gazprom” Avstriya orqali gaz yetkazib berishni qayta tiklagani to‘g‘risida xabar berilgandi.


