1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin BRIKS sammiti uchun Janubiy Afrikaga boradi

Xalqaro jinoyat sudi qaroriga ko‘ra, Putin JARga kelsa, hibsga olinadi

Putin BRIKS sammiti uchun Janubiy Afrikaga boradi

 

Janubiy Afrika Respublikasida 22-24-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan ishtirok etadi. Bu haqda mezbon mamlakat prezidenti Siril Ramafosa maʼlum qildi.

 

"Bu ham onlayn sammitga aylanishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi - yo‘q. Bu yuzma-yuz, bo‘ladi", — deb ishontirdi Janubiy Afrika prezidenti.

 

Shuday qilib, BRIKSda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika yetakchilari qatashadi. Shu bilan birga, bugun Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning sammitdagi ishtiroki formati hali aniqlanmaganini aytdi.

 

"Format hali to‘liq aniqlangani yo‘q. Muhokamalar davom etmoqda. Yakuniy qaror qabul qilingandan keyin bu haqda xabar beramiz", — dedi u brifingda.

 

Maʼlumot uchun, 17-mart kuni Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olishga order bergan edi. Unga ko‘ra, Janubiy Afrikaning Rim statutini imzolagani Rossiya rahbarini BRIKS sammitida qatnashish uchun mamlakatga kelsa, uni hibsga olishga majbur qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика