1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin: Donbass hududlari qaytarilmaydi

Kremlda Ukraina sharqidagi hududlar Rossiyaga “qo‘shib olindi”.

Putin: Donbass hududlari qaytarilmaydi

 

Bugun Kremlda Ukrainaning Lugansk, Donesk, Zaporojye va Xerson viloyatlarining Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarini qo‘shib olish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Vladimir Putin marosimda katta nutq so‘zladi.

 

Putin o‘z chiqishida bu hududlar Rossiyaga “abadiy” qaytganini, bu yerdagi aholi RF fuqarosiga aylanganini maʼlum qilgan. U Kiyevdan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan.

 

Shu bilan birga Rossiya rahbari Ukrainani muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan. Putinning qayd etishicha, Moskva muloqotga tayyor.

 

Bundan tashqari, prezident yana bir bor G‘arbni RFni parchalashga urinayotganlikda ayblagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: “DXR”, “LXR”, Zaporojye va Xerson viloyatlarining RF tomonidan egallab olingan hududlarida 23-27 sentyabr kunlari Rossiyaga qo‘shilish masalasida “referendumlar” o‘tkazildi. Ularning barchasi Moskva bilan “birlashib” ketishga rozilik bildirgan.

 

Shu munosabat bilan bu to‘rt hududdagi rossiyaparast maʼmuriyat vakillari Putin bilan uchrashish niyatida Rossiyaga uchib kelgan.

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика