Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan ODKB sammiti doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida Putin Tojikiston rahbariga mamlakatda rus tilini qo‘llab-quvvatlayotgani va uni rasmiy maqomda saqlab qolayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Rus tili nafaqat Tojikistonda, balki butun mintaqada xalqlar o‘rtasidagi muloqot va do‘stlik tili bo‘lib qolmoqda. Biz buni yuksak qadrlaymiz”, — dedi Putin.
Emomali Rahmon o‘z navbatida rus tili Tojikiston taʼlim tizimida muhim o‘rin tutishi, mamlakatda Rossiya bilan hamkorlikda bir nechta rus taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari savdo, taʼlim va migratsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.


