1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Putin haqida ikkita kitob yozgan nemis jurnalisti Rossiya agenti bo‘lib chiqdi

Xubert Zaypel kitobi uchun Rossiyadan haq olgani aniqlandi.

Putin haqida ikkita kitob yozgan nemis jurnalisti Rossiya agenti bo‘lib chiqdi

 

Paper Trail Media, Der Spiegel, ZDF va "Important Stories" tadqiqotiga ko‘ra, nemis jurnalisti Xubert Zaypel rossiyalik oligarxdan yillar davomida pul olgan.

 

Vladimir Putin haqidagi hujjatli film va ikkita kitob muallifi rossiyalik oligarx Aleksey Mordashovga yaqin kompaniyalar bilan yashirin moliyaviy kelishuvlarga aloqador bo‘lgani xabar qilingan.

 

Jurnalistlar Kipr huquqiy hujjatlarining sizib chiqishini tahlil qilib, 2018 yilda Zaypel “Putin hokimiyati. Yevropaga Rossiya nima uchun kerak?” kitobini yaratish va ommalashtirish uchun 600 ming yevroga “homiylik shartnomasi” imzolaganini aniqladi.

 

Zaypel, hujjatlarga ko‘ra, undan oldingi kitobi "Putin. Hokimiyat mantig‘i " kitobi uchun ham Rossiyadan haq olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика