«Kremlin.ru» xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
Tabrikda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlanib borayotganini ta’kidlangan.
«Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarning barcha ko‘lamini yanada mustahkamlaymiz», deyiladi tabrikda.
Rossiya yetakchisi O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda umume’tirof etilgan muvaffaqiyatlarga erishayotgani, jahon miqyosida haqli ravishda yuksak obro‘-e’tiborga ega ekanini aytgan. Shuningdek, Prezident tabrik so‘nggida Mirziyoyevga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga baxt va farovonlik tilagan.


