1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Putin Qirg'iziston va Tojikiston rahbarlarini “boshini qovushtirdi”

Tomonlar chegara masalasida muhim kelishuvga erishgan.

Putin Qirg'iziston va Tojikiston rahbarlarini “boshini qovushtirdi”

 

Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari Vladimir Putin, Emomali Rahmon va Sadir Japarov Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha kengash sammiti doirasida muzokara o‘tkazdi.

 

Tojikiston prezidenti matbuot xizmati siyosatchilarning yopiq eshiklar ortida nimalar haqida gaplashgani va qanday kelishuvlarga erishgani haqida ma’lum qildi.

 

Shu tariqa davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

 

Uchrashuvda tojik-qirg‘iz chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonining borishi ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv ishtirokchilari yuzaga kelgan muammolarni faqat siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilishga kelishib oldi.

 

Bundan tashqari, davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha hukumat guruhlari hamda avval erishilgan kelishuvlarga qat’iy amal qilgan holda mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar faoliyatini faollashtirishga qaror qilindi.

 

Uchrashuvdan oldin Putin Tojikiston va Qirg‘iziston Rossiya tomonining yaqin ittifoqchilari ekanini aytdi.

 

“Biz  juda yaqin hamkorlarmiz. Aytishning o‘zi kifoya, bir million Qirg‘iziston fuqarosi Rossiyada yashaydi, o‘qiydi, ishlaydi. Shuningdek, Tojikistonning ikki million fuqarosi ham Rossiyada ishlaydi va yashaydi”, — dedi Putin.

 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar o‘rtasidagi savdo hajmi oshib bormoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика