1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin Rossiyani NATOga aʼzo qilmoqchi bo‘lgani maʼlum qilindi

Bu haqda alyansning sobiq bosh kotibi aytgan.

Putin Rossiyani NATOga aʼzo qilmoqchi bo‘lgani maʼlum qilindi

 

Putin prezidentligining davri boshlanishida Rossiyani NATOga aʼzo bo‘lishi uchun jiddiy harakat qilgan. Bu haqda alyansning 1999-2004 yillardagi bosh kotibi Jorj Robertson maʼlum qildi.

 

Robertsonning so‘zlariga ko‘ra, Putin u bilan birinchi marta uchrashganida: “Bizni qachon NATOga taklif qilasiz?” degan savol bergan. “Men o‘shanda tashkilotga taklif qilinmasligini, aʼzo bo‘lishni istaganlar o‘zi murojaat qilishini aytganman. Shunda Putin “Biz boshqa davlatlar bilan bir qatorda turmaymiz, Rossiya muhimroq ahamiyatga ega davlat”, deb javob bergan”, – degan Robertson.

 

Uning taʼkidlashicha, Ukrainadagi 2004-yilgi voqealar Rossiya yetakchisining fikrini o‘zgartirgan. Putin bu hodisalarni NATOning Sharqqa qarab kengayishi sifatida baholagan.

 

Avvalroq NATO Rossiyaga qarshi yangi reja ishlab chiqmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика