1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Putin Trampdan Alyaskadagi uchrashuvga Zelenskiyni taklif qilmaslikni so‘radi

Tramp esa kelajakda AQSh, Rossiya va Ukraina yetakchilari ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazilishini aytgan.

Putin Trampdan Alyaskadagi uchrashuvga Zelenskiyni taklif qilmaslikni so‘radi

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Trampdan Alyaskada o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni taklif qilmaslikni so‘ragan. Livittning so‘zlariga ko‘ra, Trampning uchrashuvdagi asosiy maqsadi — Ukraina tinchligi masalasida Rossiyaning pozitsiyasini yaxshiroq tushunish.

 

Uning ta’kidlashicha, Donald Tramp Rossiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishdan tashqari, uchrashuvni asosan Ukrainada urushni to‘xtatish masalasiga bag‘ishlamoqchi. Shuningdek, Tramp kelajakda AQSh, Rossiya va Ukraina yetakchilari ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazilishiga umid qilmoqda.

 

Prezident Zelenskiy esa uch tomonlama uchrashuv rejalashtirilganini tasdiqlab, lekin uning sanasi hali belgilanmaganini aytdi. U, shuningdek, “Ukrainasiz Ukraina bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmaydi” deya ta’kidladi va AQSh prezidenti buni tushunishiga ishonch bildirdi.

 

Livittning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp urushni tugatish va odamlar o‘limiga barham berishga qat’iy qaror qilgan. Tramp kelajakda Rossiyaga tashrif buyurishi ham mumkinligi aytilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика