1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin Ukrainaga havo zarbalarini bir haftaga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — Tramp

AQSH Prezidentining taʼkidlashicha, bu qaror Ukrainadagi rekord darajadagi sovuq ob-havo sharoitlari fonida qabul qilingan.

Putin Ukrainaga havo zarbalarini bir haftaga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — Tramp

 

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Kiyev va boshqa ukrain shaharlariga havo zarbalarini vaqtincha to‘xtatishga rozilik berganini maʼlum qildi. Trampning taʼkidlashicha, bu qaror Ukrainadagi rekord darajadagi sovuq ob-havo sharoitlari fonida qabul qilingan. Bu haqda lenta.ru nashri xabar berdi.

 

“Men shaxsan Prezident Putindan ushbu favqulodda sovuq havoda bir hafta davomida Kiyev va boshqa shaharlarni o‘qqa tutmaslikni so‘radim. U bunga rozi bo‘ldi va men bundan juda mamnunman,” – deya aytdi Tramp.

 

Prezidentning taʼkidlashicha, u Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish mumkinligiga ishonadi va shuningdek, maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner bilan birgalikda kelishuv ustida faol ish olib bormoqda.

 

Finansial Times jurnalistining maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylari Trampning Putinga qilgan murojaatini ommaviy bayonotlardan bilib olishgan, Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal olinmagan.

 

Rossiya Federatsiyasi Xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Grigoriy Karasin esa Tramp bayonotlarini tekshirish kerakligini va siyosatchidan turli bayonotlar kutish mumkinligini qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика