Pentagon sobiq katta maslahatchisi Duglas Makgregor Fox News'ga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainadagi operasiyasi sabablarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va shaxsan Putinni qoralashni to‘xtatish lozim.
"U (Putin) AQSH kuchlari va raketalarini o‘z chegaralari yaqinida joylashtirilishiga qarab turmasligini aytgandi. Biz ham Kubada rus qo‘shinlari yoki raketalari joylashtirilishiga chidab tura olmaymiz. Ammo inkor qilishda davom etdik va u nihoyat gapdan ishga o‘tdi. Putin Ukrainani hech qanday sharoitda NATOga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymasdi", — degan Makgregor.
Shuningdek, sobiq harbiy nizoga aralashmaslik va qurol jo‘natishni to‘xtatish zarurligini qayd etgan. Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bir tomondan qo‘shin jo‘natmasligini aytayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan ukrainaliklarni shunchaki halok bo‘lishga chaqirmoqda.
"Agar bu to‘xtatilmasa, biz hozirgacha misli ko‘rilmagan gumanitar halokatni vujudga keltiramiz", — deb ogohlantirgan sobiq harbiy.
Avvalroq Jozef Bayden Ukraina atrofidagi vaziyatni murakkablashtirishda ayblangandi.


