Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy mojaroni erta tugatish tarafdori, ammo bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Amerikaning PBS telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya–Ukrain mojarosi qachon tugashini faqat ikki tomon yetakchilari aytishi mumkin.
Erdog‘an, shuningdek, Rossiyaga “G‘arb kabi ishonish mumkin” ekanini aytib, G‘arb Turkiyani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish haqida uzoq yillar davomida aldaganini eslatib o‘tdi.