AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv katta natijalarga olib kelmasligi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.
“Bilasizmi, tango uchun ikki kishi kerak. Men ularning har ikkisi bilan uchrashishni istagandim. Balki men ham o‘sha yerda bo‘lishim kerakdir. Ammo ko‘pchilik bu uchrashuvdan jiddiy natija chiqmaydi, deb o‘ylaydi. Ular: ‘siz ham o‘sha yerda bo‘lishingiz kerak’, deydi. Balki to‘g‘ridir, balki yo‘qdir”, — dedi Tramp.
Shuningdek, Oq uy rahbari yaqin ikki hafta ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro qanday rivojlanishini kuzatishini ma’lum qildi.
“Men bu urushdan hech qachon mamnun emasman. Umuman olganda, men mutlaqo xursand emasman. Kelgusi ikki hafta ichida vaziyat qaysi yo‘nalishda o‘zgarishini ko‘ramiz”, — dedi u Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berarkan.


