1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Putinning maslahatchisi O‘zbekistonga keladi

3-6 oktabr kunlari Valeriy Fadeyev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Putinning maslahatchisi O‘zbekistonga keladi

 

3-6 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti maslahatchisi, Inson huquqlari bo‘yicha kengash (IHK) raisi Valeriy Fadeyev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Valeriy Fadeyev Samarqand davlat universiteti va Rossiya davlat gumanitar universitetida o‘tkaziladigan "Inson va zamonaviy dunyo qadriyatlari" xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi. Anjumanga yetakchi ziyolilar, siyosat va jamoat arboblari taklif etilgan.

 

Ish jadvalida rossiyalik vatandoshlarning mahalliy tashkilotlari vakillari ishtirokida gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv ham o‘rin olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика