1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Putinning qadrdoni”ning o‘g‘li Norvegiyada ozod qilindi

U dron uchirishda ayblanib, qamoqqa olingandi.

“Putinning qadrdoni”ning o‘g‘li Norvegiyada ozod qilindi

 

Norvegiya sudi Rossiya temiryo‘llarining sobiq rahbari Vladimir Yakuninning o‘g‘li Andrey Yakuninni ozod qildi. U oktyabr o‘rtalarida Shpisbergen orolida dron uchirishda ayblanib, qamoqqa olingandi.

 

Uning advokati Bernt Xeybergning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ishda “murakkab yuridik muammolar bor va bu katta ehtimol bilan bir necha yilda ham hal etilmaydi”.

 

Sanksiyalar tufayli rossiyaliklarning Norvegiyada dron uchirishi taqiqlangan. Ammo appelyatsiya sudi 27 oktyabr kuni bu qarorni noto‘g‘ri deb topdi.

 

So‘nggi haftalarda Norvegiyada ushbu ayblov bilan 8 nafar RF fuqarosi qo‘lga olingan.

 

Vladimir Yakunin uzoq yillar davomida Rossiya temiryo‘llariga rahbarlik qilgan. U Vladimir Putinga yaqin odam sifatida ko‘riladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика