«Marsel» Chempionlar ligasi oldidan yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida.
Shuning uchun klub «Barselona» yarim himoyachisi Miralem Pyanich bilan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Ouest-France» nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan klubi 32 yoshli bosniyalik futbolchini tekinga ijara asosida qo‘yib yuborishga tayyor.
Biroq Pyanich maoshining katta qismi fransuz klubi tomonidan to‘lanishini hisobga olsak. Bu omil futbolchining «Marsel»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Pyanich «Barselona» safida 2020-yildan buyon to‘p suradi. Bosniyalik futbolchi o‘tgan mavsumni «Beshiktosh»da ijara asosida o‘ynagan.


