1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qamashi tumanidagi qishloq qalin qor sabab tashqi dunyodan uzilib qoldi

Tarmoqlarda tarqalgan videodan so’ng mas’ullar tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilib, texnikalar yordamida yo’llar ochilmoqda.

Qamashi tumanidagi qishloq qalin qor sabab tashqi dunyodan uzilib qoldi

 

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining Qiziltom qishlog‘ida qalin qor yog‘ishi oqibatida qariyb 600 nafar aholi tashqi dunyodan uzilib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarda qishloq bilan Maydanak observatoriyasi o‘rtasidagi 10 kilometr masofadagi yo‘l qor bilan yopilib, aholi oziq-ovqat va tibbiy xizmatlardan foydalanishda qiyinchilikka duch kelayotgani aytilgan.

 

Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Qamashi tumanining eng olis hududlaridan biri bo‘lgan “Qiziltepa” MFYga qarashli Qiziltom qishlog‘ida so‘nggi kunlarda yog‘gan qalin qor sabab avtomobil yo‘lida harakat vaqtincha cheklangan.

 

Vaziyatni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimi rahbarligida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida maxsus ishchi guruh tuzilgan. FVB boshlig‘i, polkovnik Farhod Mirzayev boshchiligida shaxsiy tarkib, shuningdek, greyder, buldozer va boshqa maxsus texnikalar jalb etilib, yo‘llarni qor va muzdan tozalash ishlari olib borilmoqda.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisani bartaraf etish uchun yetarli kuch va vositalar safarbar qilingan bo‘lib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Yo‘l harakatini tiklash bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика