1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Qambarota GES-1" qurilishi jadallashtiriladi

Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Energetika vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Qambarota GES-1" qurilishi jadallashtiriladi

 

Toshkent shahrida 3-iyul kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Energetika vazirlarining navbatdagi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Energetika vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, barcha sohalar qatori energetika sohasidagi hamkorlikka ham alohida eʼtibor qaratilayotgani, gidroenergetikadagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan “Qambarota GES-1" qurilishini jadallashtirishga kelishilgani qayd etildi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi elektr uzatish liniyalarini qurish hamda suv resurslaridan unumli foydalanish bilan bog‘liq tashkiliy va huquqiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirlarini O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qabul qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика