1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qamchibek Tashiyev davolanishi yakunlanmay Qirg‘izistonga qaytdi

Avvalroq u Vazirlar Mahkamasi raisi o'rinbosari va Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi lavozimidan prezident farmoni bilan ozod etilgandi.

Qamchibek Tashiyev davolanishi yakunlanmay Qirg‘izistonga qaytdi

 

Sobiq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Germaniyada davolanish jarayonida bo‘lishiga qaramay, Germaniyadan Qirg‘izistonga qaytib keldi. Bu haqda Tengrinews nashri xabar berdi.

 

Siyosatchining tarafdori Nurg‘ozi Anarqulovning ma’lum qilishicha, davolanish jarayoni to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa-da, vataniga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

 

Avvalroq sobiq rahbar Sadir Japarov farmoni bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, u sog‘lig‘idagi muammolar sabab prezident ruxsati bilan davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketgan. Shuningdek, lavozimidan ozod etilishi qarori kutilmaganda qabul qilinganini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика