1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Soat 18.00 dan boshlab dovonda harakatlanish mumkin.

“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

 

Ko’chki xavfi e'lon qilinganligi tufayli bugun, 12-mart  kuni soat 9:00 dan boshlab Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan amaliy harakatlarni muvofiqlashtirib bordi.


Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida soat 18:00 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

 

Gidrometeorologiya xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda dovondagi vaziyat barqarorlashgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика