Namangan viloyati FVB Qamchiq dovonida 2 ayol sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘lganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, 7-iyul kuni M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh avtomobil yo‘lining Toshkent-vodiy yo‘nalishida ikki ayol (ikkalasi ham 27 yosh) tog‘ balandligidagi yirik shoxli mollarini sog‘ish uchun ketayotgan bo‘lgan.
Shundan so‘ng soat 19:20 dan 19:27 gacha kuchli jala yog‘ishi kuzatilgan. Natijada ayollar bu paytda sel toshqin suvlari uchun maxsus mo‘ljallangan 1200 diametrli temir quvur ichiga kirib olgan. Shu vaqtda 40−50 metr kub miqdoridagi sel kelib, ayollarni quvur ichidan “Rezaksoy”ning 400 metr oqimi bo‘ylab olib ketgan.
"Soyni sel massasidan tozalash jarayonida ularning jasadi topilgan", — deyiladi xabarda.
Hozirda IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


