1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Qamchiq” dovonida 2 kishi tog‘dan yiqilib halok bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

“Qamchiq” dovonida 2 kishi tog‘dan yiqilib halok bo‘ldi

 

Kecha, 8 yanvar kuni “Qamchiq” dovonida 2 kishi tog‘ tepaligidan yiqilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, soat 15:30 larda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashagan, 1993-yilda tug‘ilgan ikki erkak “Toshkent-Namangan” avtomobil yo‘lining 141-kilometrida (Janubiy aylanma yo‘li) joylashgan tog‘ tepaligiga sinfdoshlari bilan dam olish maqsadida chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida tog‘ tepaligidan yiqilib, voqea joyida vafot etgan.

 

Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика