Maʼlum qilinishicha, kecha, 2-oktabr kuni soat 06:30 larda “Cobalt” haydovchisi tez harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa ag‘darilib ketgan.
Bir necha daqiqada voqea joyiga qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv guruhi, tez tibbiy yordam shifokorlari, yo‘l-patrul xizmati hamda "Qamchiqavtoyo‘l" ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari yetib borgan.
YTHga uchragan avtomobil ichidagi haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi chiqarib olingan.
Avvalroq qamchiq dovonida paxta tolasi ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgandi. Shuningdek, “Nexia” yo‘lovchisi pastlikka tushib ketgandi.


