Bugun, 18 iyun kuni soat 06:46 da “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Avtomobilda haydovchi o‘zi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.


