1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qamchiq” dovonida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaro qutqarildi

Shuningdek, dovondagi ayrim transport vositalari evakuatsiya qilindi.

“Qamchiq” dovonida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaro qutqarildi

 

Kecha, soat 19:05 da “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispecheriga kelib tushgan maʼlumotga ko‘ra, “Qamchiq” dovonidan o‘tgan A-373 “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘lining 242 km shimoliy aylanma yo‘lida ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam kerakligi xaqida maʼlumot kelib tushgan

 

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” Qutqaruv otryadidan maxsus texnika hamda qutqaruvchi xodimlar chiqishib, tog‘da qolib ketgan 14 nafar fuqarolar hamda ularning transport vositalarini pastga olib tushish hamda evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

 

Qutqaruvchilar tomonidan soat 20:10 da barcha fuqarolarni sog‘-omon pastga olib tushildi. Shuningdek, ularni manzillariga yuborishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика