Qamchiq dovoni hududida harakatlanib ketayotgan yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa tushib, yonboshlab qolgan, deya xabar bermoqda FVV.
Natijada zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari hamda YPX xodimlari yetib borgan va avtomobilda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inni oldi olinib, haydovchi va uning yo‘lovchisi hayoti saqlab qolingan.
Shundan so‘ng, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, fuqarolar tez tibbiy yordam avtomashinasida Pop tuman shifoxonaga olib ketilgan.


