Bugun, 24-mart kuni “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lida “Volvo” rusumli yuk mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketgan. Bunga haydovchining harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qolgani sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq “Qamchiq” dovonida harakatlanib ketayotgan “DAF” rusumli avtomashinaning dvigatel qismida yong‘in chiqqani xabar qilingandi.
Javohirbek TURSUNOV


