1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

 

Bugun, 28-sentyabr kuni Qamchiq dovonida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 18:34 da A-373 avtomobil yo‘lining 256-kilometrida “Toshkent–vodiy” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat nazorat olingan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика