FVV xabariga ko'ra, 22-iyul kuni soat 03:20 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Rezak” tunnelida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib tunnel devoriga urilishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Natijada voqea joyiga “Qamchiq” dovonidagi FVV qutqaruvchilarining 13 nafari, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va qutqaruv otryadidan 1 ta texnika soat 03:22 da yetib borgan va yong‘in soat 03:27 da o‘chirilgan. Shundan so‘ng soat 03:50 da yuk avtomobili tunneldan olib chiqilgan.
Qayd etilishicha, “Isuzu” yukxonasidagi jami 4,2 tonna yukning 95 foizi yong‘indan saqlab qolingan. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi ma'lum qilingan.


