Qamchiq dovoni avtotransport vositalari uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Kecha,15-fevral soat 22:40 da qor ko‘chkisi xavfi tufayli Qamchiq dovoni avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilgandi. Dovon yopilganidan so‘ng kuchli qor yog‘ishi sababli ushbu yo‘nalishning bir nechta qismlarida o‘z-o‘zidan qor ko‘chishi kuzatildi.
Qor ko‘chkisi natijasida hech kim zarar ko‘rmagan. Shu vaqt mobaynida FVV rahbarligida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tomonidan qor ko‘chkilarining qayta ko‘chish xavfini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilgan.
Mudofaa vazirligining kuchlari va vositalari yordamida 5 ta qorli tog‘ yonbag‘irlari xavfsiz holatga keltirilgan. Shundan so‘ng Qamchiq dovonida avtotransport harakati soat 21:00 da tiklandi.


